AQSh IShIDning yuqori martabali komandirini o‘ldirdi
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 19-iyun kuni AQSh harbiy kuchlari Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismida IShID nishonlariga qarshi havo hujumi uyushtirdi.
Hujum natijasida IShIDning yuqori lavozimli rahbari Ali Husayn al-Ulaviy o‘ldirilgan.
Press-relizda CENTCOM kuchlari AQSh ichida ham, xorijda ham amerikaliklarga tahdid soluvchi terrorchilarga qarshi kurashishda davom etayotgani aytilgan.«CENTCOM va bizning hamkorlarimiz IShID qoldiqlarini yo‘q qilishga sodiq qolishmoqda, bu uning abadiy mag‘lubiyatini ta’minlaydi», dedi admiral Bred Kuper.
AQSh va uning ittifoqchilari 2014-yil sentyabrida Suriyada IShIDga qarshi operatsiyani boshladilar. 2024-yilda mamlakat hukumati almashdi, IShID bilan kurashgan guruh rahbari Ahmad ash-Sharaa prezident bo‘ldi.
2026-yil fevral oyida Vashington operatsiya tugaganini e’lon qildi va aprel oyida o‘z harbiy xizmatchilarini mamlakat bo‘ylab bazalardan olib chiqdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter