Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Kiyevga har oy 1,5 mlrd dollarlik ko‘mak ko‘rsatishga tayyor – Bloomberg

AQSh Kiyevga har oy 1,5 mlrd dollarlik ko‘mak ko‘rsatishga tayyor – Bloomberg

AQSh Rossiyaga qarshi urush davomida Ukrainaga har oy 1,5 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor. Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, Yevropadagi ittifoqchilarini ham Ukraina uchun ajratiladigan mablag‘larini oshirishga chaqirmoqda. Bu haqda Bloomberg nashri ma’lum qildi.

Agentlik manbalarining aytishicha, o‘tgan haftada Jo Bayden ma’muriyati yil oxirigacha bo‘lgan muddat uchun 4,5 milliard dollar yordam paketini ajratganidan so‘ng Yevroittifoq vakillari bilan muzokara o‘tkazgan va ulardan Ukrainaga yordamni oshirishni talab qilgan.

Manbalardan biriga ko‘ra,Yevropa Ittifoqi oldingi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha ichki muzokaralar olib borish bilan birga davom etayotgan urush davrida Ukraina iqtisodiyotini saqlab qolishga yordam beradigan muntazam mexanizmni ham muhokama qilmoqdalar.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi avvalroq, Ukrainaga ayni paytda asosiy xizmatlarni ko‘rsatishi va iqtisodiyotini davom ettirishi uchun har oy taxminan 5 milliard dollar kerakligini aytgan edi.

«O‘tgan oyda mamlakat 2 milliard dollarga yaqin yordam oldi, bu avgustdagi 4,7 milliard dollardan kam», – deydi Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko.

Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqi yetakchilarining shu hafta Chexiyada bo‘lib o‘tadigan sammitda Ukrainaning 38 milliard dollar miqdoridagi moliyaviy ehtiyojlarini aks ettiruvchi  2023-yilgi budjet loyihasini muhokama qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring