Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh sakkiz davlat bilan harbiy ittifoq tuzmoqchi

AQSh sakkiz davlat bilan harbiy ittifoq tuzmoqchi

Foto: «newsru.co.il»

Donald Tramp hukumati Eronning mintaqadagi ta’sirini kamaytirish maqsadida 6 ta ko‘rfaz davlati hamda Misr va Iordaniya bilan harbiy, siyosiy ittifoq tuzish bo‘yicha ish olib borayotgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Bu haqda berilgan Oq uy bayonotida ittifoqqa qo‘shiladigan mamlakatlar orasida raketa mudofaasi, harbiy ta’lim, terrorizmga qarshi kurash orqali mintaqada iqtisodiy va diplomatik aloqalarni yanada mustahkamlash maqsad qilingani qayd etilgan.

Yaqin Sharq strategik ittifoqi (MESA) nomi berilgan ishchi guruhining dastlabki yig‘ilishi shu yil 12-13-oktyabr kunlari Vashington shahrida o‘tkaziladi.

Tuziladigan ittifoqda Saudiya Arabistoni va BAA Tramp hukumati bilan yanada yaqin bo‘ladi.

AQShning avvalgi hukumatlari ham ko‘rfaz davlatlari va Arab ligasi bilan bir ittifoq tuzish bo‘yicha ish olib borgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring