Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh urushning ikki yilligi sabab Rossiyaga «sovg‘a» tayyorladi

AQSh urushning ikki yilligi sabab Rossiyaga «sovg‘a» tayyorladi

AQSh Rossiyaga qarshi 500 dan ortiq yangi sanksiyalar joriy qilmoqda, deyiladi Jo Baydenning Oq uy tomonidan e’lon qilingan bayonotida.

Sanksiyalar Ukrainadagi harbiy operatsiya munosabati bilan ham, Aleksey Navalniyning o‘limi munosabati bilan ham kiritilmoqda.

«Sanksiyalar Navalniyning qamoqqa olinishi bilan bog‘liq shaxslarga, shuningdek, Rossiyaning moliya va mudofaa sanoati tarmoqlari, xarid tarmoqlari hamda sanksiyalardan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi», — dedi Oq uy.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyani qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblangan 100 ga yaqin kompaniyaga ham eksport cheklovlarini kiritmoqda.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 13-paketini hozirladi. Unda qator davlatlar, jumladan Qoozg‘iston va Xitoy korxonalari ham bor.

Avvalroq Latviya Rossiya va Belarusdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini taqiqlagandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring