AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha shartli kelishuvga yaqinlashdi
Vashington va Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha shartli kelishuvga erishgan. Biroq hozircha bitim to‘liq imzolanmagan.
The New York Times nashrining yozishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvning taxminan 95 foizi tayyor. Ayni paytda Eronning yadroviy dasturi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi nazoratiga oid ayrim masalalar bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
CBS News’ning ma’lum qilishicha, Eron rasmiylari mamlakat oliy rahbari bilan aloqa qilishda qiyinchilikka uchrayotgani sababli javoblar kechikib berilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa muzokarachilarga kelishuvni shoshilmasdan yakunlashni topshirganini bildirdi. Unga ko‘ra, memorandum imzolanguniga qadar Eronga nisbatan dengiz blokadasi saqlab qolinadi.
Shuningdek, Tramp Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerakligini yana bir bor ta’kidlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter