Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda so‘nggi 9 yilda uch yuzga yaqin maktabga hujum uyushtirilgan

AQShda so‘nggi 9 yilda uch yuzga yaqin maktabga hujum uyushtirilgan

«CNN» orasida «Northwestern» tadqiqot instituti ham bo‘lgan ko‘plab tashkilotlarning ma’lumotlariga tayanib olib borgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Tadqiqotga ko‘ra AQShda 2009-yil 1-yanvardan beri jami 288 ta maktabga qurolli hujum uyushtirilgan. AQSh eng rivojlangan 7 ta davlat – «G7» mamlakatlari orasida maktablarga eng ko‘p hujum uyushtiriladigan (boshqa davlatlarga nisbatan 57 foiz ko‘p) davlat ekan.

So‘nggi 9 yil mobaynida AQShda 288 ta, Kanadada 2 ta, Fransiyada 2 ta, Angliyada 1 ta, Germaniyada 1 ta maktabga hujum uyushtirilgan. Yaponiya va Italiyada bunday holat kuzatilmagan.

Dunyo miqyosida 2009-yil yanvardan hozirgacha AQShda 288 ta, Meksikada 8 ta, JARda 6 ta, Hindistonda 5 ta, Pokistonda 4 ta, Nigeriyada 4 ta, Afg‘onistonda 3 ta, Fransiyada 2 ta, Kanadada 2 ta, Braziliyada 2 ta, Turkiya, Gretsiya, Xitoy, Keniya, Ozarbayjon, Germaniya, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Estoniya, Hindiston, Vengriyada bittadan maktabga hujum uyushtirilgani aniqlandi.

Ispaniya, Avstraliya, Shveysariya, Italiya, Yaponiya, Hollandiya, Argentina, Angliya va O‘zbekistondagi maktablarga umuman hujum uyushtirilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring