Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShdagi milliy xavfsizlik agentligida otishma sodir bo‘ldi

AQShdagi milliy xavfsizlik agentligida otishma sodir bo‘ldi

Foto: AP / WUSA TV-9

AQShning Merilend shtatida joylashgan milliy xavfsizlik agentligi shtab-kvartirasida otishma sodir bo‘ldi. Voqea agentlik binosining old qismida yuz bergan. Bu haqida ABC telekanali xabar qilgan.

Uch kishi jarohat olgan, otishmani uyushtirishda shubha qilinganlar  qo‘lga olingan. Xizmatchilar bino oldidagi to‘siqqa urilgan avtomobilni taftish qilishgan. Milliy xavfsizlik agentligining bosh binosi joylashgan Fort-Mid shahriga qidiruv vaqtida shahar avtomagistralini bekitish haqida xabar berganlar. Hodisa joyida FBR xizmatchilari tekshiruv o‘tkazmoqda.

Ushbu voqea yuzasidan mamlakat prezidenti Donald Tramp ham boxabar qilingan. «Voqea yuzasidan yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan ularni taqdim etamiz», — deya ma’lum qilgan prezident ma’muriyati matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring