Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning Chernogoriyadagi elchixonasida portlash ro‘y berdi

AQShning Chernogoriyadagi elchixonasida portlash ro‘y berdi

Foto: «Yevronyus»

AQShning Chernogoriyadagi elchixonasida noma’lum shaxs portlash sodir etgan va o‘zini halok qilgan. Politsiya ish yuzasidan tergov olib bormoqda. Bu haqida «Euronews» xabar berdi.

Chernogoriya poytaxti Podgoritsa shahridagi AQSh elchixonasiga noma’lum shaxs portlovchi modda tashlagan va o‘z joniga qasd qilgan. U qo‘l granatalaridan foydalangani taxmin qilinmoqda. Voqea mahalliy vaqt bilan yarim tunda sodir bo‘lgan. Politsiya mazkur voqea yuzasidan tergov olib bormoqda, jinoyatchining o‘z joniga qasd qilish sabablari tekshirilmoqda.  Elchixona binosiga zarar yetmagan, xodimlardan ham hech kim jabrlanmagan.

Elchixona rasmiy sayti Amerika fuqarolariga bino va uning atrofiga hozircha yaqinlashmaslikka, ehtiyotkorlikka va shu masala bo‘yicha OAV xabarlarini kuzatib borishga chaqirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring