Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arablar qanday avtomobillarni chiqitga chiqarishyapti (video)

Arablar qanday avtomobillarni chiqitga chiqarishyapti (video)

Skrinshot

«Crazy-Garage» blogerlari Birlashgan arab amirliklarida avariyaga uchragan mashinalar saqlanadigan joydan reportaj tayyorlashdi. Dubaydagi avtomobillar qabristonida «Mersedes»lar, «Ferrari»lar, «Toyota»lar, «Mustang»larni — pachog‘i chiqqanidan tortib deyarli yangisigacha uchratish mumkin. Eski, noyob mashinalar zamonaviy, deyarli yap-yangi mashinalar bilan yonma-yon qatorlashtirib tashlangan.

Pichoqqa ilinadiganlari auksionlarda sotiladi. Masalan, 2016-yilda chiqarilgan, ajoyib holatdagi qizil rangli «Dodge Challenger» 65 ming dirhamga (taxminan 15 ming yevro) sotuvga qo‘yilgan. 2015-yilda chiqarilgan oq rangli «Lexus» esa 107 ming dirhamga (25 ming yevro atrofida) sotilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring