Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arxeologlar ulkan mavjudotlarning eng katta qabristonini topishdi

Arxeologlar ulkan mavjudotlarning eng katta qabristonini topishdi

Foto: «Depositphotos.com»

Meksikaning Tultepek shahri hududida arxeologlar mamont qoldiqlarining eng katta qabristonini topishdi. «Rambler»ning yozishicha, unda 14 ta jonivorga tegishli 800 ta suyak mavjud.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ular 14 ming yil muqaddam qadimgi odamlar tomonidan o‘txo‘r hayvonlarni ovlash uchun yaratilgan birinchi tuzoq-o‘rani topishga muvaffaq bo‘lishgan. Suyaklarni o‘rganishgach, olimlar ularda jarohatlarni aniqlashgan va bu ov izlari degan xulosaga kelishgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, insoniyat tarixida bu turdagi eng yirik topilma hisoblanadi.

Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, mazkur hududda ot, tuya hamda mamontlarning beshta podasi yashagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring