Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobilini O‘zbekiston bayrog‘i rangida bo‘yagan haydovchilar ogohlantirildi

Avtomobilini O‘zbekiston bayrog‘i rangida bo‘yagan haydovchilar ogohlantirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodagi Spark va Lacetti haydovchilari mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan avtomobilini O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida bo‘yab harakatlangani haqida xabar tarqaldi. YHXBB matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 31 avgust kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahrida ushbu avtomobillar haydovchilari transport vositasining kuzov qismini mustaqillik bayrami munosabati bilan bir necha xil ranglarga bo‘yab, shahar hududida harakatlangan. Mazkur haydovchilar YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qoidalar bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.

«Xodimlar haydovchilarni mustaqillikning 30 yillik bayrami bilan tabriklab oq yo‘l tilagan. Haydovchilar ogohlantirilib, ularga nisbatan hech qanday jarima belgilanmagan», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring