Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA elchisi Minerva City majmuasiga tashrif buyurdi va MJ Developers kompaniyasining loyihalarini yuqori baholadi

BAA elchisi Minerva City majmuasiga tashrif buyurdi va MJ Developers kompaniyasining loyihalarini yuqori baholadi

«Minerva City loyihasi hamda uning – «shahar ichidagi shahar» konsepsiyasi menda yoqimli taassurot qoldirdi. Men ishonamanki, O‘zbekiston xalqi uchun bu Dubaydagi hayot tarzi bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat», – dedi Said Matar al-Qamziy janobi oliylari.

Minerva City majmuasiga qilgan tashrifi davomida Said Matar al-Qamziy janobi oliylari O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi hamkorlik borasidagi fikrlari, shuningdek Toshkentda, ko‘chmas mulk sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarning, xususan Minerva Cityning ko‘lamlaridan bo‘lgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Suhbat davomida Said Matar al-Qamziy janobi oliylari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan harakatlar haqida so‘z olib bordi:

«O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar 1990 yillardayoq o‘rnatilgan edi.  BAA O‘zbekiston uchun ishonchli hamkor bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar iqtisodiy o‘zaro ta’sir, turizm va qurilish sohasida jadallik bilan rivojlanmoqda. Muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilgan. Madaniy-ijtimoiy hamkorlik ham faollik bilan rivojlanib bormoqda».

MJ Developers raisi, janob Murari Lal Jalanning loyihalari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishini qanday ta’minlayotganligi haqidagi savolga elchi, BAA hukumati va Toshkentdagi elchixona janob Jalanning O‘zbekistondagi barcha loyihalarini qo‘llab-quvvatlashlarini aytdi va unga ishlarida omad  tiladi.

Shu bilan birga, elchi janob Jalan haqida bir nechta so‘z qo‘shib gapirdi: «U BAAga ko‘chib kelib, qimmat bo‘lmagan ko‘chmas mulkning bir nechta loyihalarini amalga oshirganidan so‘ng MJ Developers kompaniyasini tashkil qildi. U BAA, Dubayning hurmatga sazovor rezidenti hisoblanadi. MDH hududida u O‘zbekistonga investitsiya qilish imkoniyatini topdi, chunki mamlakat iqtisodiyoti xorijiy investorlar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bugun uning kompaniyasi, MJ Developers, mamlakat bo‘ylab 4 ta yirik loyihani qurmoqda».

O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi munosabatlar, turli sohalarning ahamiyatga ega rivojlanishi va diversifikasiyasi haqida:

«O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini hisobga olish prinsiplariga asoslangan.

Ushbu bosqich mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishidagi yangi bosqich ekanligiga qat’iy ishonaman. Sizga ma’lum bo‘lganidek, janob Murari Lal Jalanning MJ Developers kompaniyasi BAA, Dubayda tashkil etilgan edi va endi O‘zbekistonda 4 ta yirik loyihaga investitsiya kiritdi – bu esa O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi investitsion munosabatlarning yaxshi namunasi bo‘lib hisoblanadi».

Undan so‘ng Al-Kemzi Janobi Oliylari Minerva City loyihasi haqidagi o‘zining taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

«Bu O‘zbekistonda qurilishga bo‘lgan butunlay yangi yondashuv. Qurilish ishlari, ekologik toza materiallardan foydalangan holda, jahon tarraqiyotining so‘nggi tendensiyalari va g‘arbiy standartlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Loyiha keng ko‘lamli – 100 ga maydoniga ega bo‘lishiga qaramay, uning jadal su’atlari katta taassurot qoldirmoqda.

Golf uchun xususiy maydon, rivojlangan infratuzilma, avtomobillardan erkin bo‘lgan hudud – bu majmua bemalol shaharning yangi markazi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Yangi hayot tarzining yaratilishi – bu ishning istiqboli porloq bo‘lib tuyulmoqda, umid qilamizki, yaqin orada buning guvohi bo‘lamiz».

Suhbat yakunida elchi O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi munosabatlarni strategik deb ta’rifladi hamda «O‘zbekiston iqtisodiyoti jadallik bilan rivojlanayotganini va ayniqsa so‘nggi yillar davomida hamkorlik o‘zaro foydali va samarali bo‘lganini» ta’kidlab o‘tdi.

Elchining so‘zlariga binoan, bizning mamlakatlarimiz umumiy g‘oyalar sari intilmoqda va birgalikda loyihalarni amalga oshirish ustida ishlamoqda.

Telefon: 1145

Veb-sayt: minervacity.uz

Facebook: fb.com/minervacityuz

Instagram: instagram.com/minervacityuz/

Telegram: t.me/themjdevelopers

Telegram-bot: @mjdevelopers_bot

Reklama

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring