Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barcha tuman va shaharlarda qizlar salomatligi markazlari tashkil etildi

Barcha tuman va shaharlarda qizlar salomatligi markazlari tashkil etildi

Foto: «Sputnik»

2017-yil 5-yanvarda sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan  o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarimiz salomatligiga alohida e’tibor qaratish, bunda milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda, qulay sharoitlar yaratish lozimligiga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining bolalar ginekologiyasi bo‘limi negizida Respublika qizlar salomatligi markazi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahar o‘smirlar dispanserining bolalar ginekologiyasi bo‘limlari negizida qizlar salomatligi markazlari faoliyat boshladi. Bundan tashqari, qizlarimizga malakali ginekologik ambulator yordam ko‘rsatish maqsadida barcha tuman va shaharlardagi ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikalarda  qizlar salomatligi bo‘limlari tashkil etildi. 

— Maqsadimiz mamlakatimizdagi 5 milliondan ziyod 18 yoshgacha bo‘lgan qizlarni qamrab olishdir, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosar Elmira Basitxanova. — Ushbu markazlar qiz bolalar va o‘smir qizlarga yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan malakali tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy infrastrukturasini rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Keyinchalik ushbu markazlarga bo‘lgan talabga qarab, faoliyat qamrovini yana kengaytirib borish ham ko‘zda tutilgan.

Qayd etish joizki, Qizlar salomatligi markazlari qiz bolalar va o‘smir qizlarga maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish, bolalar ginekologiyasi bo‘yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan o‘quv,  ilmiy va moddiy-texnika bazani shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, to‘plangan tajribani respublika sohaviy muassasalariga yetkazish, shuningdek, bolalar ginekologiyasi sohasida  diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya bo‘yicha yuqori texnologiyalarga asoslangan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam berish borasida ham faoliyat olib boradi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring