Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona»da Neymarni qaytarish uchun ikki yo‘l bor — OAV

«Barselona»da Neymarni qaytarish uchun ikki yo‘l bor — OAV

Foto: «Sports.ru»

«Barselona» FK braziliyalik forvard Neymarni qaytarish uchun «Pari Sen-Jermen»ga yangi taklif tayyorlayapti, deb xabar berdi, bugun, 25-avgust kuni «Le Parisien».

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar yozgi transfer oynasi yopilguncha Neymarni qaytarish uchun «PSJ»ga ikkita variantni taqdim etishadi.

Birinchi shartga ko‘ra, «Barselona» Neymar uchun 40 mln. yevro va Usmon Dembeleni bir yilga ijaraga beradi. Fransuz futbolchisi jarohat olganini yashirib, «Barselona» rahbarlari ko‘nglini qoldirganidan keyin shu variant yuzaga keldi.

Ikki shartda esa kataloniyaliklar keyinchalik 170 mln. yevroga sotib olish majburiyati bilan Neymarni bir yilga ijaraga olishi aytiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring