Belarus TIV Armanistonga norozilik notasi yubordi
Alen Simonyan.
Armanistonning Belarusdagi muvaqqat ishlar vakili Artur Sargsyan Belarus tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga «Armaniston tomonining nodo‘stona harakatlari» munosabati bilan qat’iy norozilik bildirildi va tegishli nota topshirildi.
Gap shundaki, avvalroq Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan: «Armaniston guberniyaga aylanmasligi va Belarus kabi boshqarilmasligi kerak», degan edi.
Minsk ushbu fikrlarni «saylovoldi populizmi va o‘z elektorati e’tiborini og‘ir ichki muammolardan chalg‘itishga urinish», deb atadi.
«Belarus — Rossiya bilan ittifoqchilik munosabatlari formatini mustaqil belgilaydigan suveren davlatdir. Biz bu hamkorlik bilan faxrlanamiz va hech kimga bizga dars berishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Minskni «mifik aralashuv» shiorlari ostida ichki siyosiy janjallarga tortishga urinish — oddiy diplomatik etikaning qo‘pol ravishda buzilishidir», — deyiladi TIV bayonotida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter