Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiyada ham kabel o‘g‘irlasharkan, oqibati esa...

Belgiyada ham kabel o‘g‘irlasharkan, oqibati esa...

Foto: «Publika.md»

Kuni kecha, 21-mart kuni Belgiyaning As va Anen shaharlari o‘rtasidagi kabel o‘g‘irlab ketilishi tufayli poyezdlar to‘xtab qoldi. Bu haqda «Bagnet» xabar bermoqda.

Simlarning uzilishi oqibatida poytaxt Bryussel va Turne o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi ham to‘xtatilgan. Belgiya temir yo‘llari kompaniya-operatori «Infrabel» ma’lum qilishicha, bir necha yuz metr sim yo‘qolgan.

O‘g‘riliklar tez-tez sodir bo‘lavergach, «Infrabel» 2016-yildan temir yo‘llardagi mis simlarni alyuminiy simlarga almashtirishni boshlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring