Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chekish yoki taom. Bevaqt o‘limning sababi nimada?

Chekish yoki taom. Bevaqt o‘limning sababi nimada?

Foto: «Globallookpress.com»

Vashington universiteti olimlari bevaqt o‘limga nima sabab bo‘lishini aniqlashdi. Unga ko‘ra, yiliga 11 million odam ko‘p tuz iste’mol qilish va boshoqli ekinlar, meva hamda sabzavotlarga e’tiborsizlik tufayli vafot etadi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra chekishdan ko‘ra noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli ko‘proq odam hayotdan ko‘z yumadi. Xususan, yiliga 3 million odam tuz ko‘p iste’mol qilish, uch millioni boshoqli ekinlarga e’tiborsizlik va yana ikki million inson meva kam yeyishdan vafot etadi. Bunday beqaror ovqatlanish tufayli yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqadi. Hatto rak va diabetga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, chekishdan yiliga 7 million odam vafot etadi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra noto‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda yetakchi o‘rinda ekani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring