Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi Prezident faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohi barcha uchun o‘z eshiklarini ochadi

Birinchi Prezident faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohi barcha uchun o‘z eshiklarini ochadi

Foto: «Islomkarimov.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab, Oqsaroyda ilk bor ko‘rgazmalar zali o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqida «kun.uz» xabar qildi.

Birinchi Prezident faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohida ko‘rgazmalar zali, kutubxona va muzey ishga tushishi rejalashtirilgan. Ko‘rgazmalar zali Birinchi Prezidentning tavallud ayyomi arafasida joriy yilning 30 yanvar kuni ish boshlaydi. Ko‘rgazmalar zali 3 qismdan iborat bo‘ladi: Katta zal, kichik zal va ochiq zal.

Ko‘rgazmalar zali barcha uchun o‘z eshiklarini ochadi. Mehmonlar ekspoziyalar orqali Islom Karimov siymosi gavdalantirilgan tasviriy san’at namunalari, turli asarlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. Shuningdek, Birinchi Prezident hayoti, ish faoliyati aks ettirilgan ko‘plab fotosuratlar namoyishi ham namoyish etiladi.

Oqsaroy hududida maxsus bog‘ zonasi ham barpo etiladi. Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Birinchi Prezidentning bosh qarorgohi hisoblangan Oqsaroy mustaqil O‘zbekiston asoschisi Islom Karimov hayoti va bosib o‘tgan yo‘llari bilan yanada yaqinroq tanishishga imkon beruvchi mukammal memorial maskanga aylanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring