Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Biz ularni yong‘oq kabi maydalab yuboramiz» — Putin G‘arbga tahdid qildi

«Biz ularni yong‘oq kabi maydalab yuboramiz» — Putin G‘arbga tahdid qildi

Foto: Global Village Space.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh rasmiylarining Ukrainaga yangi qurollar partiyasini yuborish haqidagi qaroriga izoh berdi.

Putinning aytishicha, o‘nlab harbiy texnika rus harbiylari tomonidan yo‘q qilinmoqda.

«Biz ularni yong‘oq kabi maydalab yuboramiz, hozirgacha bunday qurollardan o‘nlabi yo‘q qilindi», dedi Putin «Rossiya-1» telekanalida jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida.

Prezident Jo Bayden Ukrainaga yangi yordam paketini imzoladi. Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga taxminan 700 million dollarlik yangi harbiy yordam yuboradi. U, xususan, M142 (High Mobility Artillery Rocket Systems) kabi bir nechta raketa tizimlarini o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Vashington o‘zining harbiy yordami doirasida Kiyevga M777 155 mmli gaubitsalarini yuborgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin saratonga qarshi muolaja olgani, shuningdek Rossiya prezidentiga suiqasd uyushtirishga urinish bo‘lgani xabar berilgan.

Shuningdek, G‘arb razvedkasiga ko‘ra, Putin atrofida urush bo‘yicha informatsion xaos paydo bo‘lgan va rus yetakchisiga Ukraina bo‘yicha ko‘p yangiliklar yetib bormayapti. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring