Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT: Yamandagi ahvol Suriyadan ham yomon

BMT: Yamandagi ahvol Suriyadan ham yomon

Foto: «RIA Novosti»

BMTning kuni kecha tarqatgan ma’lumotlariga qaraganda, Yamandagi ahvol Suriyadan ham yomon. Gumanitar yordamga ehtiyoj masalasida Yaman hatto Suriyani «ortda qoldirgan». Bu haqda «Anadolu» xabar berdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yaman asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun 4 milliard dollarga ehtiyoj sezadi. Suriya uchun esa 3,5 milliard dollar kerak bo‘ladi. BMT bayonotiga ko‘ra: «Yamandagi holat shundoq ham yomon edi, ahvol shiddat bilan yomonlashib bormoqda». Yamanda 24 million kishi o‘ta kambag‘allikdan aziyat chekmoqda.

Butun dunyodagi muhtojlarga ko‘mak berish uchun BMT ga yiliga 25 milliard dollar kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring