Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobousmon Baturovda g‘alaba. Svetlana Osipova va Farangiz Xojiyeva muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Bobousmon Baturovda g‘alaba. Svetlana Osipova va  Farangiz Xojiyeva muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Bugun 27-iyul kuni ham bir qator sportchilarimiz olimpiada musobaqalariga kirishdi. 

Bobousmon Baturov delegatsiyamizning bugungi kun dasturidagi ilk g‘alabasini taqdim qildi. Vakilimiz dastlabki bahsda dominikanlik raqibiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang avvalidan o‘z ustunligini namoyish qilgan Baturov yakunda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Vakilimiz shu tariqa chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda u britaniyalik Pet Makkormakka qarshi ringga ko‘tariladi.

Taekvondochimiz Svetlana Osipova ilk jangini qozog‘istonlik kuchli raqib Chansel Denizga qarshi o‘tkazdi va so‘nggi soniyalarda 8:9 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Dzyudochimiz Farangiz Xojiyeva ilk jangidayoq Kabo-Verde mamlakati dzyudochisiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Foto: MOQ matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring