Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bojxonachilar yerto‘lada pulga o‘rab saqlangan marixuanani topdi

Bojxonachilar yerto‘lada pulga o‘rab saqlangan marixuanani topdi

Giyohvandlik vositalarining yashirin savdosiga va noqonuniy tarzda saqlanishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Andijon shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro M.A.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs yashash xonadonining yerto‘lasida 1000 so‘mlik kupyuraga o‘ralgan 2,52 gramm «marixuana» giyohvandlik vositasini saqlayotganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: customs.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring