Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Borib bo‘lmas orol

Borib bo‘lmas orol

Foto:«Siol»

Hind okeanidagi «jumboqli orol» nomini olgan Sentinel orolida yashaydigan qabila sayyoramizdagi eng izolyatsiyalangan jamoadir. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Oltmish ming yildan ziyod vaqtdan buyon boshqa insonlar bilan aloqa o‘rnatishni rad etib kelayotgan bu qabila orolga begonalarning kirishiga aslo ruxsat bermaydi.

Shimoliy Sentinel oroli Bengal ko‘rfazidagi Andaman arxipelagiga kirib, hududiy jihatdan Hindistonga qarashlidir.

Orolga begonaning qadami yetishi mushkul bo‘lgani bois uning suratlari NASA tomonidan tasvirga olingan. Orolga yaqin joyda kemalar to‘xtashi mumkin emas. Bordi-yu, kema buzilib qolsa, yo‘lovchilarning orolga kirishiga ruxsat berilmaydi. Orol sari harakatlangan kishiga nayzalar bilan hujum qilinadi.

Sentinal qabilasi tashqi dunyo bilan aloqa o‘rnatishni umuman xohlamaydi. Ularga zamonaviy olam begona.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring