Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh konsul shaxsiy telefon raqamini ma’lum qildi

Bosh konsul shaxsiy telefon raqamini ma’lum qildi

Foto: «Sputnik»

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasiga ko‘proq qanday masalalarda murojaatlar kelib tushmoqda?

Shu savolga javob berar ekan bosh konsul Abdusalom Hatamov shunday deydi: «Asosan, bu hujjatlarni yo‘qotib qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar. Bir oy davomida o‘rtacha 20 ga yaqin shunday so‘rov kelib tushadi. Biz ularga konsullik-huquqiy yordamni ko‘rsatib, vatanga qaytishi uchun vaqtinchalik hujjat tayyorlab beramiz. Internetdagi saytda barcha xohlovchilar men bilan bog‘lanishlari uchun telefon raqamimni ham qoldirganman».

Konsul bu gaplarni «RIA Novosti»ga bergan intervyusida aytgan, deya xabar bermoqda «Sputnik» nashri.

Suhbat jarayonida Bosh konsulxona joriy yilning yakuni — kelasi yil yanvar oyida to‘laqonli ishga tushishi qo‘shimcha qilingan.

Ma’lumki, Yekaterinburgda O‘zbekiston bosh konsulligi joriy yilning noyabr oyida ochilgandi. Bosh konsul etib tayinlagan Abdusalom Hatamov ilgari TIV konsullik-huquqiy departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring