Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura: «2017-yilda 51 260 ta holatda tadbirkorlarning huquqlari buzilgan»

Bosh prokuratura: «2017-yilda 51 260 ta holatda tadbirkorlarning huquqlari buzilgan»

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi Yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodovning hisoboti eshitildi. 

Unda 2017-yilda prokuratura organlari tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bosh prokurorning hisobotida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish borasidagi tashabbuslar haqida so‘z borgan. Jumladan, prokuror nazorati tadbirlari davomida 51 260 ta holatda tadbirkorlarning huquqlari buzilganligi aniqlangan.

Tadbirkor manfaatlarini himoyasi yo‘lida davlat idoralarining 752 ta noqonuniy qarori bekor qilingan hamda tadbirkorlar foydasiga 4 mlrd. so‘m undirish to‘g‘risida sudlarga arizalar kiritilgan.

Bu boradagi o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 961 nafar mansabdor shaxslar intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, qo‘pol qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 252 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida 49 866 nafar tadbirkorlik sub’yektlarining buzilgan huquqlari, 2797 tasining faoliyati tiklangan va 7203 ta ish o‘rni yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring