Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror Koreyada muhim uchrashuvlar o‘tkazdi

Bosh prokuror Koreyada muhim uchrashuvlar o‘tkazdi

Foto: «Gazeta.uz»

Bosh prokuror Otabek Murodov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasining ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari janob Kim O Su bilan o‘tkazilgan uchrashuvda huquqiy sohadagi kelgusidagi hamkorlik va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqi Komissiyasi raisi Pak Un Jon, Advokatlar assotsiatsiyasi raisi Xyun Kim va Koreya Respublikasi Bosh prokurori Mun Mu Il bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Muhokamalar natijasida 2019-2020-yillarga mo‘ljallangan Koreya Oliy prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlik Dasturi imzolanishiga erishildi.

Bundan tashqari, tashrif davomida O‘zbek-koreys biznes markazida Bosh prokuror O.Murodov ishtirokida potensial investorlar bilan brifing o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring