Bo‘stonliq tumanida qor ko‘chkisi kuzatildi
2026 yil 28 yanvar kuni taxminiy soat 06:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon hududida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida hajmi taxminan 300 kub metr bo‘lgan 1 ta qor ko‘chkisi yuz berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat natijasida talofat va jabrlanganlar yo‘q.
Qayd etilishicha, hududda ob-havo sharoiti yomonligi sababli ma’lumotlar belgilangan muddatdan kech taqdim etilmoqda. Ayni paytda O‘zgidromet mutaxassislari tomonidan hududda ob-havo o‘zgarishlari doimiy ravishda monitoring qilinmoqda.
Aholidan ehtiyotkorlikka rioya qilish va rasmiy axborot manbalari orqali berilayotgan ogohlantirishlarga amal qilish so‘ralgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter