Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘stonliqda mast erkak mashina salonida o‘zi va sherigini yoqib yubordi

Bo‘stonliqda mast erkak mashina salonida o‘zi va sherigini yoqib yubordi

Kecha, 28 mart kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida noxush hodisa ro‘y berdi.

G‘azalkent shahar Amangeldi ko‘chasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan J.K. mast holda Ibn Sino ko‘chasida tanishi, 1987 yilda tug‘ilgan Sh.H. boshqaruvidagi «VAZ-2101» rusumli avtomashinasi salonida o‘z joniga suiqasd qilib, o‘zining ustidan benzin yoqilg‘isini quyib, o‘t qo‘yib yuborgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida avtomashina saloni qisman yonib, zarar ko‘rgan va J.K. hamda haydovchi Sh.H. kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring