Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyada itni anakondaning changalidan qutqarib qolishdi (video)

Braziliyada itni anakondaning changalidan qutqarib qolishdi (video)

Kadr: «YouTube»

Braziliyada bir guruh kishilar anakonda daryoga tortib ketayotgan itni qutqargani haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Kadrlardan ikki kishi itni bo‘g‘ib daryoga olib ketayotgan anakondaning dumidan tortib uni qutqarishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Lekin ilon o‘ljasidan osonlikcha voz kechishni istamadi va itni bo‘g‘ib turaverdi.

Itni ozod qilish uchun erkaklardan biri tayoq bilan ilonni bir necha bor urishiga to‘g‘ri keldi. Shundagina ilon o‘ljasini qo‘yib yubordi. It unchalik ham shikastlanmagan shekilli, darhol oyoqqa turib qochib ketdi.

Quyida ushbu videoni tomosha qilishingiz mumkin:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring