Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Braziliyada prezident saylovi: qatnashmaganlar 1 dollardan jarimaga tortiladi

Braziliyada prezident saylovi: qatnashmaganlar 1 dollardan jarimaga tortiladi

Foto: «RIA Novosti»

Bugun, 28 oktyabr kuni Braziliyada minglab saylov uchastkalari prezidentlik saylovining ikkinchi turini o‘tkazish uchun ochildi.

Saylov ma’muriyatining xabar berishicha, ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 8:00 (Toshkent vaqti bilan 15:00) da boshlangan. Saylovning dastlabki ma’lumotlari mahalliy vaqt bilan saot 19:00 da e’lon qilinadi.

Mamlakatda 147,3 million kishi ovoz berish huquqiga ega. 18-70 yosh o‘rtasidagi fuqarolar uchun saylash majburiy hisoblanadi. Ovoz bermagan fuqaro 1 dollar jarima to‘lashi kerak. 16-17 hamda 70 yoshdan yuqori bo‘lgan kishilar ham o‘z xohishiga ko‘ra ovoz berishi mumkin.

Saylovning 1-turi shu yilning 7 oktyabr kuni o‘tkazilgan, o‘shanda g‘olibni aniqlash imkoni bo‘lmagan edi.

Ovozlar soniga ko‘ra, Sotsial-liberal partiyasidan nomzod Jair Bolsonaru va So‘l mehnat partiyasidan Fernandu Addad ikkinchi turda qatnashish huquqiga ega bo‘lishdi. Birinchi nomzod 46 foiz, ikkinchisi esa 29,3 foiz ovoz olgan edi.

Saylovda Bolsonaruning qo‘li baland kelishi tahmin qilinmoqda. «Datafolha» kompaniyasi o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 56 foizi Bolsonaruga, 44 foizi esa Addadga ovoz berishga tayyor ekanini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring