Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya qirolining ukasi qo‘lga olindi

Britaniya qirolining ukasi qo‘lga olindi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III’ning ukasi, Epshteyn bilan aloqalari sababli barcha unvonlaridan mahrum etilgan Endryu Mauntbetten-Vindzor qo‘lga olindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Politsiya uni rasmiy lavozimlarda ishlagan vaqtida vakolatlarini suiiste’mol qilganlik gumoni bilan hibsga olgan.

Payshanba kuni ertalab Norfolk grafligidagi Shimoliy dengiz sohilida joylashgan qirollik mulki hududiga bir nechta avtomobillar kelgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Hozirda Endryu shu yerda yashayotgandi.

Ushbu hafta Britaniya politsiyasi sobiq shahzoda Epshteynga maxfiy materiallarni taqdim etgani haqidagi shikoyatni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

AQShda e’lon qilingan Epshteyn ishiga oid katta hajmdagi hujjatlar orasidan Endryu Epshteynga Singapur, Gonkong va Vetnamga qilgan safarlari bo‘yicha hisobotlar hamda investitsiya imkoniyatlariga doir maxfiy ma’lumotlarni yuborgani ma’lum bo‘lgan.

66 yoshni qarshi olgan Endryu o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etib, qonunga zid hech qanday ish qilmaganini ta’kidlab kelmoqda.

Avvalroq qirol uni shahzoda unvoni va qolgan barcha unvonlaridan mahrum etgan edi. Undan oldinroq esa Endryu rasman ixtiyoriy ravishda York gersogi unvonidan voz kechgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring