Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bryussel aeroportida Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba topildi

Bryussel aeroportida Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba topildi

Bryusseldagi aeroportda bugun, 22 avgust kuni Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli bomba topildi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Bombani aeroportning yuklar saqlanadigan hududida, qurilish ishlari paytida aniqlashgan.

Bomba topilgach, barcha qurilish ishlari to‘xtatilib 100 metrli xavfsizlik hududi o‘rnatilgan. Tekshiruv ishlaridan so‘ng maxsus xizmat bomba xavf tug‘dirmaydi, degan xulosaga kelgan.

Bombani zararsizlantirish ishlari sababli bir nechta yuk reyslarini boshqa yerga jo‘natishga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring