Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu qiziq: Og‘ir atletika bilan shug‘ullangan insonning bo‘yi o‘smay qoladimi?

Bu qiziq: Og‘ir atletika bilan shug‘ullangan insonning bo‘yi o‘smay qoladimi?

Sport bilan shug‘ullanish inson salomatligi uchun foydali, lekin ko‘plab muxlislarda og‘ir atletika bilan shug‘ullanish inson bo‘yi o‘sishiga salbiy tasir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi taassurot mavjud. Shu kabi savol sizda ham tug‘ilgan bo‘lishi mumkin.

Bu kabi fikrlarni juda ko‘plab eshitganmiz. Biroq ko‘plab shifokorlar og‘ir atletika bilan shug‘ullanish inson bo‘yi o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi degan fikrga mutlaqo qarshilar. Ularning fikricha bularning barchasi shunchaki uydirma.

Shifokorlar va og‘ir atletika bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, ushbu sport turi bilan o‘z qoidalari asosida mashg‘ulot olib borishlari maqsadga muvofiq.

Misol uchun, Sobiq ittifoq og‘ir atletikachisi Yuriy Vlasovning bo‘yi 187 santimetr edi. Vlasov og‘ir atletika bilan harbiy maktabda o‘qib yurgan kezlari shug‘ullana boshlaydi. Faoliyatining eng gullagan davrida esa uncha-muncha sportchi yaqinlashmaydigan og‘irliklarni o‘ziga bo‘ysundira olgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring