Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yilgi Nobel mukofotlari qanday topshirilishi kelishib olindi

Bu yilgi Nobel mukofotlari qanday topshirilishi kelishib olindi

Foto: «Scienceblog»

2021-yilgi Nobel haftaligi Stokgolmda 6–12-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Laureatlarga mukofotlar o‘z mamlakatlarida topshiriladi. Bu haqda Nobel jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu yilgi taqdimot va mukofotlash bir kunga belgilangan — 10-dekabr. Nobel haftaligiga doimgidek Stokgolm ratushasi mezbonlik qiladi, tadbirlarning qaysi formatda o‘tishi esa oktyabr oyi o‘rtalariga borib ma’lum qilinadi.

Nobel jamg‘armasi ijrochi direktori Vidar Xelgesonning ma’lum qilishicha, mukofotlarning bu yil ham xuddi o‘tgan yilgi kabi «sirtdan» topshirilishiga koronavirus pandemiyasi hamda xalqaro safarlar amalga oshirilishi bilan bog‘liq vaziyat hanuz mavhumligicha qolayotgani sabab bo‘ldi.

Rejaga ko‘ra, Nobel haftaligi doirasida an’anaviy banket, laureatlarning ma’ruzalari va seminarlari hamda konsert tashkil etiladi.

4-oktyabrdan 11-oktyabrga qadar tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot yo‘nalishida, shuningdek, Nobel tinchlik va iqtisod fanlari bo‘yicha mukofotlari laureatlari nomlari e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring