Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun «El-Klasiko» bo‘ladi

Bugun «El-Klasiko» bo‘ladi

Buyuk to‘qnashuvga oz fursat qoldi

Foto: Television-Sport.com

Dunyo futboli o‘z tarixida ko‘plab buyuk to‘qnashuvlarga guvoh bo‘lgan. Ular orasida «El-Klasiko» deb atalmish nainki Ispaniya, balki dunyoning eng ulkan ikki jamoasi — «Real» va «Barselona» bahsi uzoq yillardan buyon futbol muxlislarining e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Bugun ana shu bellashuvlarning navbatdagisi — Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida Madridda o‘tkaziladi. «Real»ning bir qator omadsiz yurishlariyu, «Barselona»ning  mag‘lubiyatsiz odimlari unga bo‘lgan qiziqishni ikki karra oshirmoqda.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi bellashuv shu yilning avgust oyida o‘tkazilgan va u Zidan shogirdlari g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Biroq jamoalarning bugungi imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqib, har ikki grand imkoniyatini teng baholash mumkin.

«Real» muhim uchrashuvda deyarli barcha futbolchisi xizmatidan foydalana oladi. Krishtianu Ronaldu olgan kichik jarohatidan butunlay forig‘ bo‘ldi va «qaymoqranglilar» muxlislarini xotirjam bo‘lishga chorlagan bo‘lsa, «Barsa» aksincha, bahsni Samuel Umtiti va Alkasersiz o‘tkazishga majbur. Ammo bu — kataloniyaliklar uchun juda ulkan yo‘qotish emas va ular bahsni yuqori notada yakunlay olishiga jamoa muxlislari shubha qilishmayapti.

Nima bo‘lganda ham barchasi bugun Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadigan bahsda hal bo‘ladi. Shunisi aniqki, bugun futbol muxlislarini tomoshabop va qiziqarli bellashuv kutmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring