Bugun jahondagi eng yirik axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi — «CeBIT 2018» ish boshlaydi
«TASS» xabar berishicha, bugun, 11-iyun kuni Germaniyaning Hannover shahrida an’anaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar ko‘rgazma-yarmarkasi — «CeBIT 2018» ish boshlaydi. Unda 70 dan ziyod mamlakatdan 2,8 mingta atrofida eksponentlar qatnashishi kutilmoqda.
Tashkilotchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, ko‘rgazma bosh mavzulari — raqamlashtirish, uning iqtisodiyot va jamiyat hayotiga ta’siri, sun’iy tafakkur taraqqiyoti, robototexnika va muqobil transport vositalari.
Ko‘rgazma rahbari Oliver Frezening aytishicha, «CeBIT» bu yil festival ko‘rinishini oladi va ayniqsa yoshlarni sohaga ko‘proq qiziqtirish maqsad qilib olingan.
Hannoverda «CeBIT» ko‘rgazmasi 1986-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda va eng yangi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minotning insoniyat hayotining turli sohalariga tatbiq etilishini namoyish etuvchi jahondagi eng yirik platforma sanaladi.
«CeBIT 2018» 15-iyungacha davom etadi — voqealar rivojini saytimizda kuzatib boring.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter