Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun professional bokschimiz o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi

Bugun professional bokschimiz o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi

Foto: «olympic.uz»

Bugun professional bokschimiz Ulug‘bek Xolov Janubiy Osetiyaning Sxinval shahrida o‘zining profringdagi yettinchi jangini o‘tkazadi. Ushbu bahsda hamyurtimizga rossiyalik Soslan Tedeyev raqiblik qiladi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Ulug‘bek shu kungacha professional boksda 6ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (3ta nokaut).

Rossiyalik 22 yoshli charm qo‘lqop ustasi esa bungacha 18 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 17 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchrata olgan (11ta nokaut). Bitta jangda esa u imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Tomonlar o‘rtasidagi bahs yengil vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring