Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bundesligada sensatsiya: chempion bo‘lmagan jamoa hammadan o‘zib ketdi

Bundesligada sensatsiya: chempion bo‘lmagan jamoa hammadan o‘zib ketdi

Foto: Euro-football.ru

Germaniyaning eng ko‘hna futbol jamoalaridan sanalgan «Union Berlin» sensatsion tarzda Bundesliga yetakchisiga aylanib oldi. O‘tkazilgan 6 turdan so‘ng berlinliklar ko‘plab grandlarni ortda qoldirib, Germaniya chempionati turnir jadvalini boshqarmoqda.

«Union» 11-sentyabr kuni «Kyoln»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, 14 ochko bilan peshqadamga aylandi. Bundesliganing azaliy va o‘zgarmas favoritlari — «Bavariya», «Borussiya» va boshqalar uni ta’qib qilishmoqda.

«Union» tarixidagi eng katta yutuqlar — 1968-yilgi GDR kubogi va 2001-yilgi Germaniya kubogi g‘olibligi. 2018/2019-yil mavsumida berlinliklar Bundesligaga yo‘llanma olishdi, oradan ikki yil o‘tib mamlakat asosiy chempionatida 5-o‘ringacha ko‘tarilishdi.

Yana bir tarixiy natija: «Union» roppa-rosa 100 yil muqaddam Germaniya chempionati kumush medaliga sazovor bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring