Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Butun dunyo e’tibori ikki kun Jizzaxga qaratildi

Butun dunyo e’tibori ikki kun Jizzaxga qaratildi

2018-yilning 29-30-avgust kunlari Jizzaxda Xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir davlat investitsiyalar qo‘mitasi, Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida o‘tkazildi.

Jizzax investitsion forumida Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, BAA, Isroil, Hindiston, Ispaniya, Latviya, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Singapur, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, chet el diplomatik missiyalari vakillari, jami 28 mamlakatdan 300ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

Jizzaxda ilk bor tashkil etilgan Xalqaro investitsion forum doirasida ishtirokchilar hududda xorijiy va mahalliy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud qulayliklar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Rivojlanayotgan xududlardan biri sanalgan Jizzax viloyati investitsion loyihalarning eng asosiy nuqtalaridan biriga aylanishi mumkin. Hududning barcha imkoniyatlari 2 kunlik forum doirasida to‘liq namoyon etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, davlat investitsiyalar qo‘mitasi, Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

Jizzaxning madaniy-tarixiy, turistik va rekratsion-turistik salohiyati investitsion forum doirasida xorijlik investorlarga ko‘rsatildi. Tadbirning ikkinchi kunida chet ellik mehmonlar Jizzaxning turistik maskanlari, shu jumladan, noyob qo‘riqxona hududi hisoblangan Zomin milliy hiyobonida bo‘lishdi.

Xalqaro investitsion forum yakunlariga ko‘ra qurilish materiallari, tayyor charm mahsulotlari va poyafzal ishlab chiqarish, uzumchilik va meva-sabzovotni qayta ishlash hamda dori vositalari sohasida Jizzax viloyati hududida bir qator investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha xorijiy va mahalliy investorlar bilan hamkorlik borasida kelishuvlar imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring