Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda daraxtlar kesilishi ortidan masjid imomi jarimaga tortildi

Buxoroda daraxtlar kesilishi ortidan masjid imomi jarimaga tortildi

Foto: Xabar.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda «Buxoroda daraxtlarni kesish bo‘yicha moratoriy ishlamayapti. O‘zi O‘zbekistonda ham ishlamayapti» sarlavhasi ostida qurilishi boshlanayotgan atrofi o‘rab olingan maydonda daraxtlarning kesib tashlangani holatidagi rasm tarqaldi.

Manbaning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish davomida, Buxoro shahridagi «Pridastgir» jome’ masjidi hududida tahoratxona qurilishi ishlari olib borilayotganligi tufayli daraxtlar kesilgan.

Bunda qurilish ostiga tushgan  yer maydonidan 8 dona mevali hamda 1 dona manzarali daraxtlar o‘zboshimchalik bilan kesilganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan masjidning ma’sul xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi, 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 650 000 so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 8 580 000 so‘m hisoblangan.

Kesilgan daraxtlar o‘rniga iqlim sharoitiga mos manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish va parvarish qilish bo‘yicha masjid bosh imomiga majburiyat yuklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring