Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda ilk bor «O‘zbek-Afg‘on» biznes forumi o‘tkazildi

Buxoroda ilk bor «O‘zbek-Afg‘on» biznes forumi o‘tkazildi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Buxoroda O‘zbekiston-Afg‘oniston ishbilarmon doira vakillari ishtirokida «O‘zbek-Afg‘on» biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Buxoro viloyati hokimi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bora tashkil etilgan biznes-forumda Afg‘oniston Islom Respublikasining bir guruh yirik kompaniyalaridan iborat delegatsiya a’zolari hamda «Buxoro-agro» va G‘ijduvon erkin iqtisodiy zonalari rahbarlari, tadbirkorlar, mahalliy investorlar qatnashdi.

Mehmonlar dastlab, mahalliy va xorijiy investorlarning mablag‘i hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan, umumiy qiymati 6,3 trillion so‘m, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya miqdori 440,2 million AQSh dollaridan iborat bo‘lgan 50 dan ziyod loyiha takliflari va taqdimotlar bilan tanishishdi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati

Loyihalarda, asosan, sanoat va qurilishmahsulotlari, jumladan, ohak, sement, pishgan g‘isht, plastmassa santexnika tovarlarini ishlab chiqarish,ip yigiruv fabrikalarini barpo qilish, charm poyafzal, tayyor tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, istirohat bog‘lari va yirik savdo markazlari, gipermarket, sayyohlar uchun dam olish va zamonaviy mehmonxonalar barpo etish ishlariniamalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Buxoro viloyati hokimi vakili Otabek  Kazakovning «Buxoro viloyatining savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida»gi taqdimoti namoyishi afg‘onistonlik ishbilarmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Biznes-forumda ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasida uchta kelishuv hamda Afg‘oniston qurilish kompaniyalari assotsiatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasibilan hamkorlik bo‘yichamemorandum imzolandi.

Mehmonlar Buxoro viloyatidagi qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Knauf gips Buxara», «Fayz qurilish mollari» MChJ, «Buxara gvozd» MChJlarda bo‘lib, yirik korxonalar faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring