Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda qalbaki pul yasab kelgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda qalbaki pul yasab kelgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki pul yasab muomalaga chiqarish bilan bog‘liq jinoyat fosh qilindi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, G‘ijduvon tumanining Sharq mahallasida yashovchi 2004-yilda tug‘ilgan S.A., Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Malikobod mahallasida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan Sh.B., qo‘shni mahallaning F.Xo‘jayev ko‘chasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan D.A. va 2002-yilda tug‘ilgan A.D. lar oldindan jinoiy til biriktirib O‘zbekiston valyutasini soxtalashtirishni rejalashtirishgan.

Ular joriy yilning 19-iyun kunidan 26-iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Buxoro shahri A.Temur ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi vaqtinchalik ijaraga olgan xonadonida «Epson L-3100» rusumli rangli printer yordamida 100 ming so‘mlik pul kupyuralarini kelgusida o‘tkazish maqsadida ko‘paytirish yo‘li bilan yasab, qalbaki pullarni savdo do‘konlari va fuqarolarga o‘tkazib kelgan. Tezkor tadbirda ular ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan ushbu jinoiy guruhning 4 nafar a’zolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring