Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorolik sportchilarga «Spark» berildi

Buxorolik sportchilarga «Spark» berildi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Shu kunlarda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

MOQ rahbari Paraosiyo va o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan buxorolik sportchilarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Buxoro shahridagi «Yoshlar markazi»da tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ham qatnashdi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Tadbir davomida III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqan sportchilar — Abdumalik Xalakov (boks) va Umidjon Jalolov (erkin kurash) «Spark» avtomobillari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, ularning murabbiylari, Paraosiyo o‘yinlari sovrindorlari Feruz Saidov, Shirin Sharipov, Sharif Halilov, Sherzod Namozov, Shuhrat Boboyev va Muhammad Rihsimov kabi sportchilarimizga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring