Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroning tarixiy markazida bepul Wi-Fi tarmog‘i yo‘lga qo‘yiladi

Buxoroning tarixiy markazida bepul Wi-Fi tarmog‘i yo‘lga qo‘yiladi

Internetga bepul kirish zonalarini yaratadigan provayderlar Wi-Fi taqdim etiluvchi hududda reklama bannerini bepul o‘rnatish imkoniga ega bo‘lishdi.

Foto: «Uzbektourism.uz»

Buxoroning butun tarixiy qismi bepul Wi-Fi tarmog‘i bilan qoplanadi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib «Sputnik».

Xabarda aytilishicha, Buxoroning turistik markazida infratuzilmani yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor sarmoyadorlar va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sa’y-harakatlari bilan bu loyihani amalga oshirish ishlariga start berildi.

Internet tarmog‘iga ulanish sifat talablariga javob berishi va foydalanuvchilar shaxsining majburiy identifikatsiyasi bilan amalga oshirilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 3-fevralidagi «O‘zbekiston Respublikasining turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, jamoatchilik joylarida internetga bepul kirish zonalarini yaratadigan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik sub’yektlari Wi-Fi taqdim etiluvchi hududda reklama bannerini bepul o‘rnatish imkoniga ega bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring