Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Canon» plyonkali kameralar sotishni butunlay to‘xtatdi

«Canon» plyonkali kameralar sotishni butunlay to‘xtatdi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Canon» kompaniyasi plyonkali fotoparatlarni sotishni to‘xtatdi. Ta’kidlash kerakki, kompaniya plyonkali kameralarini ishlab chiqarishni aslida sakkiz yil oldin to‘xtatgan edi, biroq ombordagi zaxiralar hamon sotib kelinayotgandi. Endilikda «Canon» rasman 1934-yilda «Kwanon» kameralari boshlab bergan davr tugaganini e’lon qildi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Kameralar hozirda ham ikkilamchi bozorda sotilmoqda va «Canon» ularni 2025-yilga texnik qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi. «EOS-1V» kameralari endilikda o‘z «hayoti»ni «EOS-1D» oilasida davom ettiradi. Kameralarning ob’yektivlarini zamonaviy raqamli kameralarnikiga o‘rnatib ishlatsa bo‘ladi.

«Canon»ning ob’yektivlari almashtiriladigan barcha raqamli kameralari, jumladan, «EOS-M» oynasiz serizlari ham «EOS» brendini («Electro Optical System») saqlab qoladi.

Shunga qaramay hozirgi kunda haligacha plyonkali fotoparatlardan foydalanishni ma’qul ko‘radigan jiddiy suratkashlar uchrab turadi va oxirgi vaqtlarda ularning yana «qayta tirilayotgani»ni kuzatish mumkin. Masalan, «Kodak» kompaniyasiga tegishli «Super 8» va «Fujifilm» kameralariga hamon talab bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring