Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chaqaloq butun bir qishloqning izolyasiyaga olinishiga sabab bo‘ldi

Chaqaloq butun bir qishloqning izolyasiyaga olinishiga sabab bo‘ldi

Foto: «Yandex»

Vetnam shimolidagi Vin Fuk provinsiyasi rahbariyati aholisi orasida yetti kishi koronavirusni yuqtirgan Son Loy qishlog‘ini butunlay izolyasiyaga oldi, deya xabar berdi «VNexpress» yangiliklar internet-portali.

Qishloqda yettinchi odam koronavirusni yuqtirgandan so‘ng qat’iy chora qabul qilingan. Yangi bemor uch oylik qizaloq hisoblanadi.

Provinsiya hukumati to‘liq izolyasiyani e’lon qilish bilan birga qishloq atrofida uchta qo‘shimcha nazorat punktlarini o‘rnatib, ularning umumiy sonini 8 taga yetkazdi. Qishloq avvaldan nazorat ostida bo‘lgan, uning atrofida beshta nazorat punkti o‘rnatilgandi.

10 ming kishi istiqomat qiladigan qishloqqa hukumat uzluksiz ravishda dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berib turibdi. Shuningdek, barcha aholiga tibbiy niqoblar tarqatildi, deb yozadi portal qishloq ma’muriyati ma’lumotiga tayanib.

Aholi punkti to‘liq izolyasiyasi 14 kun davom etadi.

Vin Fuk provinsiyasi koronavirusni yuqtirganlar soni bo‘yicha mamlakatda birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun kasallik uning tashqarisiga tarqalib ketishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Hozircha Vetnamning Vin Fuk provinsiyasiga chegaradosh hududlarida koronavirusni yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring