Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionlar qaytishmoqda! Ular qaysi ko‘chalardan o‘tishadi? Tantanali kutib olish marosimi qayerda bo‘ladi?

Chempionlar qaytishmoqda! Ular qaysi ko‘chalardan o‘tishadi? Tantanali kutib olish marosimi qayerda bo‘ladi?

Foto: «The-uff.com»

Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan 23:50da poytaxtimizga yetib kelishini ma’lum qilgan edik.

«Xabar.uz» portali tahririyatiga futbolchilarimizning qaysi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishi borasida ko‘plab so‘rovlar bo‘ldi.

«Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, chempion futbolchilarimiz joylashgan avtobus bugun soat 00.00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan (terminal-3, mahalliy) yo‘lga chiqadi va poytaxtimizning Bobur, Nukus, Afrosiyob, Sh.Rashidov, Navoiy, A.Temur ko‘chalari bo‘ylab «O‘zbekiston» mehmonxonasiga qadar harakatlanadi.

Soat 00.30da futbolchilarni «O‘zbekiston» mehmonxonasi oldida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Aytishlaricha, tadbir ochiq bo‘lib, unda barcha xohlovchilar qatnashishlari mumkin.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, el ardog‘idagi san’atkorlar,  OAV vositalari, futbolchilarning yaqinlari, Yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etishadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilarni kutib olishga mingga yaqin futbol ishqibozlari chiqishadi.  Jarayon «O‘zbekiston 24» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Demak, sizda ham yuqorida berilgan yo‘nalish bo‘yicha qahramonlarimizni qutlash imkoni bor. Barcha futbol muxlislarini Osiyo chempionlarini munosib ravishda kutib olishga chaqiramiz.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining finalida O‘zbekiston olimpiyachilari vetnamlik tengdoshlari ustidan g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk marta Osiyo chempionligiga sazovor bo‘lgan edi. Futbolchilarimizni ushbu g‘alabi bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov qutlagan va Osiyo chempionati g‘oliblariga tabrik yo‘llashgan edi.

Shuningdek, Osiyo Futbol Konefederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, chempionlikka erishgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabriklagan edi.

«Championat.asia» nashri ma’lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan bugunning o‘zida «O‘zbekiston» mehmonxonasida  futbolchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Osiyo chempionlari bittadan Chevrolet Malibu avtomobillari bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring