Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chet elda doimiy yashovchi o‘zbekistonliklarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Chet elda doimiy yashovchi o‘zbekistonliklarga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Prezidentning «Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» Farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-oktyabrga qadar:

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» hamda «TMEK» axborot tizimlari YaIDXP bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;

▪️ davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilishida to‘lovlar bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash va to‘lov miqdorini avtomatik tarzda belgilash tizimini joriy etish;

▪️chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish;

▪️xorijdan turib elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarni chet el valyutasida xalqaro to‘lov tizimlari va boshqa vositalar orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etish belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring