Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chexiyada pandemiya davrida to‘rtinchi marta sog‘liqni saqlash vaziri almashdi

Chexiyada pandemiya davrida to‘rtinchi marta sog‘liqni saqlash vaziri almashdi

Foto: «RIA Novosti»

Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Yan Blatnani lavozimidan ozod etishga qaror qilganini e’lon qildi.

«Yan Blatnaning o‘rniga Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari lavozimini Pragadagi fakultet shifoxonasi direktori Pyotr Arenberger egalladi», — dedi Chexiya televideniyesi so‘zlarini keltirgan Babish.

O‘z navbatida Blatna ishdan bo‘shatilishini siyosiy sabab deb bilishini aytdi.

«Bosh vazirning qarori bilan men Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari lavozimidan ozod etildim. Bu siyosiy sabablarga ko‘ra amalga oshirilgan deb o‘ylayman. Men o‘z ishimga halol munosabatda bo‘lib, bor bilim va kuchimni sarfladim», — dedi u matbuot anjumanida.

Areberger koronavirus pandemiyasi davrida almashgan Chexiyaning to‘rtinchi sog‘liqni saqlash vaziriga aylandi.

Soat 11:30 (Toshkent vaqti bilan 14:30)da Praga qal’asida Respublika Prezidenti Milosh Zeman tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbarini tayinlash marosimi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring