Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda «Hyundai Sonata» avtomobili yonib ketdi

Chilonzorda  «Hyundai Sonata» avtomobili yonib ketdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Chilonzor tumanida «Hyundai Sonata»  rusumli avtomobilda yong‘in chiqdi.

5-avgust kuni  Toshkent shahar, Chilonzor tumani, KXAY ko‘chasida haydovchi, 1971-yilda tug‘ilgan U.S. «Hyundai Sonata» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashgan «Afruz» to‘yxonasi ro‘parasiga yetgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan va avtomobilni to‘xtatgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Hodisa yuzasidan hududiy FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring